Yosh bola boshining o‘lchamini qanday o‘lchash kerak va uning uchun qalpoqcha yoki shlyapani qanday tanlash lozim?
Bolakayning kallasini o‘lchashning eng oddiy usuli tikuvchilar santimetridan foydalanishdan iborat. U har qaysi xo‘jalik do‘konlarida sotiladi. Mobodo, qo‘lingizning ostida bunaqangi moslama yo‘q bo‘lsa, qog‘ozdan qirqib olingan tasmachalardan foydalanish ham mumkin. Biroq bunday holatda, natija ham unchalik aniq chiqmasligini e’tiborga olish kerak. Ho‘sh, o‘lchashlarni qanday amalga oshirish kerak? Bu haqda – quyiroqda gap yuritamiz!
Bolalar qalpoqchasini o‘lchamiga qarab qanday tanlab olish kerak: bolakayning boshini o‘lchaymiz
Santimetr vositasida kalla o‘lchamini hisoblab topish kerak. Buning uchun, santimetrli tasmani bolangiz qoshlari ustidan 1,5...2 sm yuqoriroqdan (Siz ahir, qalpoqcha bolingizning ko‘zlarini berkitib qo‘yishini hoxlamaysiz-ku, shunday emasmi?), hamda quloq chanog‘idan (suprasidan) bir oz balandroqdan bola boshiga o‘rang.
So‘ngra, maksimal darajada aniq-ravshan natijaga ega bo‘lish maqsadida, o‘lchashlarni 2...3 marotaba takrorlash kerak. Qo‘llash uchun eng katta natijani qabul qilish zarur.
Bolalardan andaza olishni bolakay kursida tinch o‘tirib olgan holatida amalga oshirgan ma’qul.
Agarda cho‘ziluvchan materialdan qilingan bosh kiyim sotib olish tahmin qilinayotgan bo‘lsa, u holda o‘lash natijalarini ko‘yi tomonga yaxlitlagan tuzukroq. Nima uchun, deysizmi? Jilla qursa shuning uchunki, vaqt o‘tishi bilan bunday qalpoqcha yanayam cho‘zilib ketadi.
Trikotaj qalpoqchani harid qilishda, yangi aksessuar bola boshini ezib qo‘ymasligiga iqror bo‘lish maqsadida, uni bir-oz cho‘zib ko‘ring.
RF standartlariga ko‘ra, kallaning o‘lchami uning santimetrlardagi o‘ramiga teng. Siz uchun qulay bo‘lsin deb, biz bu erda bolalar uchun bosh kiyimlar o‘lchamlarining jadvalini joylashtirdik.
Agardaki, Siz tavakkal qilishni istamas ekansiz, biroq farzandingizni etaklab olib, do‘konma-do‘kon ovora bo‘lib yurishga hoxishingiz yoki imkoningiz yo‘q ekan, u holda Toshkentda eltib berish sharti bilan yosh bolalarning qalpoqchalarini harid qilishni to‘ppadan-to‘g‘ri hozirning o‘zidayoq bizning Persey.uz internet-do‘konimizda amalga oshirsangiz bo‘laveradi!
Shuningdek, biz Sizga past narhlar, ajoyib bonusli dastur, hamda bolalar kiyim-kechagi, poyabzali va aksessuarlarini taklif etamiz!