Bonuslar
Persey.uz bonusli dasturida qatnashish qoidalari
Bonusli kartaga ega bo‘lish uchun nima qilish kerak? «Persey» do‘konidan bonuslar olib turish uchun Bizning do‘konlarimizdan biron-birida haridni amalga oshirish, hamda «Mijoz» («Klient») anketasini to‘ldirmoq lozim. Shuningdek, bizning internet-do‘konimizda haridni amalga oshirib, Siz bizning internet-saytimizda ham anketangizni to‘ldirishingiz mumkin.
Bonusli dasturning afzalliklari haqida qisqacha ma’lumot
Anketani to‘ldirishga o‘z vaqtingizdan bir-necha daqiqani ayamasangiz, Siz:
- bizning do‘konlarimizga keltirilayotgan poyafzallarning yangi kolleksiyalari haqida birinchilardan bo‘lib habar topasiz, hamda o‘z bolangizga faqat eng modabop, qulay va chiroyli oyoq kiyim, shuningdek: ko‘ylaklar, liboslar, qayish-kamarlar va hokazolar harid qila olasiz;
- bizdagi yangilanishlar, shuningdek – mavsumiy chegirmalar, aksiyalar, yutuqli o‘yinlar va kompaniyamizdagi bo‘lak hodisalar to‘g‘risida doim bohabar bo‘lasiz;
- bonusli ballar jamlab to‘plash va ular evaziga harid qilish, demakki – sifatiga putur yetkazmagan holda pulingizni tejash imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Biz qanaqa bonusli kartalarni taqdim etamiz?
Bizning bonusli dasturimizda bitta emas, balki hammasi bo‘lib to‘rtta karta ko‘zda tutilgan. Demakki – qanchalik ko‘p harid qilsangiz, shunchalik ko‘proq bonuslarga ega bo‘lasiz!
- START. «Start» bonusli kartasi har bir haridangizdan 5 % ni o‘zingizga qaytarib olish imkonini beradi. Ho‘sh, to‘plangan ballani nima qilamiz? Ular vositasida Siz bundan keyingi haridingiz qiymatining 20 % gacha qismi to‘lovini amalga oshirishingiz mumkin.
- PREMIUM. Bu bizning bonusli tizimimiz kartalarining ikkinchi toifasidir. Uning vositasida yanada ko‘proq bonuslar ola bilasiz! Unga ega bo‘lish uchun jami 1 500 000 so‘m miqdordagi haridni amalga oshirishingiz darkor. Haridlarni amalga oshirish muddatlari cheklanmagan. Bu degani, Siz bizning bolalar uchun kiyim-kechak va poyafzal onlayn-do‘konimizda ma’lum vaqt mobaynida haridlarni amalga oshirib borgan bo‘lsangiz, Siz faqatgina bonuslargagina emas, balki PREMIUM kartasiga yaqinlashgansiz! Mana endi, sizning bonusli hisob raqamingizga 5 % emas, balki 10 % harid miqdori jamlana boshlaydi. PREMIUM statusiga har qanday haridor ega bo‘lishi mumkin. Uqtirib o‘tilgan harid miqdoriga yetishilgach, START statusi avtomatik tarzda mukofotli (PREMIUM) statusga o‘zgaradi.
- Bu hali hammasi emas! Oldinda Sizni GOLD statusi kutmoqda. Unga qanday erishsa bo‘ladi? Bu judayam oson! Sizning bonusli kartangiz mazkur statusga haridingiz miqdori 4 000 000 so‘mga yetishganidan so‘ng avtomatik tarzda o‘tadi. Ushbu statusga ega bo‘lib, Siz bundan keyingi haridlaringiz qiymatining 15 % ni o‘zingizning bonusli hisob raqamingizga qaytara olishingiz mumkin bo‘ladi.
- Va nihoyat, bizning internet-do‘konimiz ashaddiy ishqibozlariga biz mahsus VIP-karta tayyorlab qo‘yganmiz. Mazkur status bundan keyingi haridlar qiymatidan 20 % gachasini tejash imkonini beradi. Shuningdek, Siz o‘zingizning sotib olgan buyumlar narhining 100 % ni bonusli ballar evaziga qoplashingiz mumkin! Va nihoyat, faqat VIP-karta egalarigina to‘lovlarni 15 kunga kechiktirib amalga oshirishlari mumkin! Ha, huddi mana shunaqa! Buyurmangizni aynan hozirning o‘zidayoq olib ketavering, to‘lovini esa 2 haftadan so‘ng amalga oshiravering!
Toshkent shahridagi Persey.uz bolalar poyafzali do‘konining bonusli dasturi bo‘yicha ma’lumot:
- Bizning chegirmalash siyosatimizga binoan 1 ball 1 so‘mga teng. Kartaga hisoblab kiritilgan barcha ballar avtomatik tarzda jamlanadi. Shuningdek, harid amalga oshirilayotgan paytda karta yoningizda bo‘lmaganida ham bonuslarni hisobga olish imkoniyati mavjud. Shunchaki, kartaning shtrix-kodini o‘z smartfoningizda fototasvirga tushiring, hamda choparga (kurerga) yoki sotuvchiga ko‘rsating. Ya’ni kartani o‘zingiz bilan olib yurishning hojati yo‘q!
- Bonus ro‘yxatdan o‘tgan sanadan ikki haftadan so‘ng ham bonuslar vositasida hisob-kitobni amalga oshirishingiz mumkin.
- Bonuslarni hisobga olishda pul mablag‘lari bilan to‘langan miqdorgina e’tiborga olinadi. Bonus ballari hisobga olinmaydi.
- Agarda haridingizni bonuslar bilan to‘lagan bo‘lsangizda, biror sababga ko‘ra uni qaytarishga qaror qilgan bo‘lsangiz – aslo qayg‘urmang! Biz Sizning bonusingizni qaytarib beramiz!
- Bonusli dasturning shartlari kompaniya tomonidan bir taraflama tarzda o‘zgartirilib turishi mukin.
- Har qanday ishtiyoqmand bonusli dastur qatnashchisiga aylanishi mumkin.
Yana savollar qoldimi? Biz hozirning o‘zidayoq qo‘ng‘iroq qiling!