Kafolatlar
Gapning rostini aytaylik, har bir ota-ona, o‘z farzandiga oyoq kiyim harid qila turib, yangi libos sotib olingach atigi bir oy ichida naqd titilib ketishi mumkinligidan hadiksiraydi. Ha, albatta, hozir kunda Toshkentda bolalar poyafzalini sotib olish muammo emas. Biroq, har hafta-hafta oralatib, bir hil narsaning o‘zginasini harib qilib, pul sarflashga kamdan-kam odamda ishtiyoq tug‘iladi, shunday emasmi? Undan tashqari, pulingizni farzandingizni hursand qilish uchun u bilan istirohat bog‘ida sayl qilish yoki unga biron-bir o‘yinchoq sotib olishga sarflash Sizga ko‘proq hush yoqsa kerak, to‘g‘rimi?
Yuqorida ta’kidlanganlarni inobatga olgan holda, tan olish kerakki, kamdan-kam do‘konlar o‘z haridorlariga bolalar poyafzali uchun kafolat berishga tayyor turadi, sumka va qayish-kamarlar hilidagi bolalar aksessuarlari to‘g‘risida esa umuman gapirmasa ham bo‘laveradi. Ho‘sh, nima qilmoq kerak?
Mobodo, mazkur matnni o‘qitgan bo‘lsangiz, demak bu – Sizning muammoingiz yechimi topildi degani!
Persey.uz: Toshkentdagi bolalar poyafzali! Sifati kafolatlangan!
Bizning Persey.uz internet-do‘koni Sizga bolalar poyafzali, hamda aksessuarlarini hamyonbop narhlarda sifatini kafolatlagan holda taklif etadi!
Ho‘sh, har bir haridorga bizning mol-tovarlar uchun qanday kafolatlar beramiz?
1. Qaytarib berish kafolati.
O‘zbekiston Respublikasi «Iste’molchilar huquqlarini himoyalash to‘g‘risida» gi Qonunning 13-moddasiga muvofiq (http://lex.uz/pages/getpage.aspx?lact_id=14643), bizning do‘konda harid qilib olingan har qanday mahsulotda u harid qilingan paytan boshlab, 7 (yetti) kun mobaynida haridor zavodga oid nuqson (brak) oshkor qilgan bo‘lsa, sotib olingan mol-tovarni almashtirish yoki qaytarib olishni amalga oshiramiz. Mol-tovarning qatarilishi sotib olingan poyafzal ishlatilmagan (tutilmagan) holatda bo‘lgan (ya’ni kiyib yurilmagan) taqdirdagina amalga oshiriladi.
Uqtirib o‘tilgan hollarda, Siz mol-tovarni o‘hshash, shuningdek – ihtiyoriy bo‘lak hildagi mahsulotga (modelga) almashtirib olishingiz mumkin. Agarda qaytarilgan va uning o‘rniga sotib olingan mahsulotning narhlarida farq bo‘lsa, biz Siz uchun mahsulot narhini qayta hisoblashni bajarib beramiz.
Mol-tovarni almashtirishni faqat, uni harid qilinish faktini va uni amalga oshirilish sanasini tasdiqlovchi, kafolat taloni yoki kassa pattasini taqdim qilinganidagina bajarilishi mumkin. Shu tufayli Persey.uz internet-do‘koni hodimlari Sizdan pattalar va talonlarni harid qilish paytidan boshlab 3 (uch) oy davomida saqlab turishni astoydil so‘raydilar. Chunonchi, biz Siz haqingizda, hamda sifatsiz molni almashtirib olishga har doim imkoningiz bo‘lishi to‘g‘risida qayg‘uramiz.
2. Sifat kafolatlari
Agarda zavodga oid nuqson (brak) harid amalga oshirilgach, 30 (o‘ttiz) kun davomida aniqlangan bo‘lsa, mol-tovarni qaytarib berish mumkin. Bunda nuqson (brak) quyidagi ko‘rinishda oshkor bo‘lishi mumkin:
- tagcharmning ko‘chib ochilib qolishi;
- choklar yaxlitligining buzilishi;
- shuningdek boshqa nuqsonlar ko‘rinishida.
Mobodo bunday holat Siz bilan ro‘y bergan bo‘lsa – hecham hafa bo‘lmang! Do‘konlarimizdan birortasiga tashrif buyuring va biz mahsulotda paydo bo‘lgan nuqsonlarni bartaraf etamiz, siz harid qilgan poyafzalni almashtirib beramiz, yoinki – pulingizni qaytarib beramiz. Mobodo almashtirilgan va undan keyin sotib olingan molning narhlari bir-biridan farqlansa, biz Siz uchun narhlardagi tafovutni qayta hisoblab, zarurati bo‘lganida – farqqa teng miqdordagi pulni Sizga qatarib beramiz.
Agarda poyafzal narhlari uni harid qilib olingan paytdagidan o‘zgargan bo‘lsachi, unda nima qilish kerak? Hammasi oppa-oson!
Mobodo uqtirilgan vaqt mobaynida qaytarishga to‘g‘ri kelgan mol-tovarning narhi oshgan bo‘lsa, pul miqdori sotib olish paytidagi pattaga muvofiq qaytarib beriladi.
BU O‘TA MUHIM: Agarda sotib olingan mol-tovardagi shikastlanish undan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida ro‘y bergan bo‘lsa, PERSEY.UZ uni almashtirishni amalga oshirmaydi.
Ma’lumot uchun:
GOST 26165-2003 «Bolalar poyafzali. Umumiy texnik shartlar»ga muvofiq to‘g‘ri ekspluatatsiya deganda quyidagi qoidalarni tushuniladi:
- Poyafzalni o‘lchamiga qarab to‘g‘ri tanlash. Poyafzal kaft qismi siqilmagan bo‘lmog‘i kerak.
- Poyafzalni xona haroratida har kungilik quritilishi. Oyoq kiyimni qizdirilgan sirtlar ustida quritish tavsiya etilmaydi.
- Turli materiallardan qilingan poyafzalni tozalash qoidalariga rioya qilish. Charm poyafzal uchun oyoq kiyimi kremi va cho‘tkasidan, zamsh va velyur uchun mahsus rezina cho‘tkalardan yoki mahsus preparatlardan, loklangan teri uchun – lokli poyafzalni tozalash uchun suyuqlikdan, sintetik va sun’iy charmdan qilingan oyoq kiyim uchun – namlangan mayin mato ishlatilmog‘i lozim.
- Oyoq kiyimga ishqorlar, kislotalar (qahrabolar) va faol eritgichlar tegishiga (sachrashiga, tomishiga) yo‘l qo‘ymaslik kerak.
- Sun’iy yoki sintetik charmdan qilingan qishki turlardagi poyafzalni -10°S dan past, bahorgi-kuzgi mavsumda esa 10°S dan past haroratlarda kiyib yurish tavsiya etilmaydi.
Persey.uz: bolalar uchun poyafzal sifatli va hammabop bo‘lishi kerak!