Poyabzalni (sportbop, charmdan, nubukdan, eko-charmdan qilingan oyoq-kiyimni) qanday qilib avaylab-ehtiyotlab kiyib yurish mumkin.
Poyabzalni (sportbop, charmdan, nubukdan, eko-charmdan qilingan oyoq-kiyimni) qanday qilib avaylab-ehtiyotlab kiyib yurish mumkin.
Zamonaviy poyabzal ancha-muncha injiq buyumdir. Haroratdagi ko‘tarilib-tushishlar, ob-havo sharoitlari, chang, suv va loy kabi har qanday tashqi omillar uning tashqi qiyofasini shikastlashi va buzib qo‘yishi mumkin. Biroq eng asosiy omil bo‘lib, albatta, noto‘g‘ri asrash namoyon bo‘ladi.
Ushbu maqolada biz Sizga, nubukdan, charmdan va eko-charmdan qilingan, hamda sprotbop bolalar poyabzalini avaylab asrash to‘g‘risida gapirib beramiz. Umid qilamizki, bizning o‘gitlarimiz Persey.uz internet-do‘konimizda sotib olingan oyoq kiyimni bolalaringiz uzoq vaqt va huzur qilib kiyib yurishiga ko‘maklashadi.
Bolalar sportbop poyabzali
Professional, va faqat sportbopigina bo‘lmagan, poyabzal odatda emirilishga yuqori darajada chidamli sintetik matiriallardan va nafas oluvchan to‘rdan qilinadi. Kiyib yurishda u katta-katta yuklarga dosh berishi lozim bo‘ladi, hamda tezda ifloslanadi, ichkaridan esa unga ter shimiladi. Relefli tagcharm loy, tuproq va mayda-chuyda toshchalar bilan tiqilib to‘lib qoladi. Agarda sportbop oyoq kiyimga o‘z vaqtida hizmat ko‘rsatilmasa, u holda unda keyinchalik qiyinchilik bilan bartaraf qilinuvchi nohush hid anqiy boshlaydi, hamda zamburug‘ shakllanishi mumkin.
Buning oldini olish va bolalar sportbop poyabzalining hizmat qilish muddatini uzaytirish uchun quyidagi oddiygina o‘gitlarga rioya qilish kerak:
- sport mashqlaridan so‘ng nam tortgan krossovkalarni darrov jovonga solib qo‘ymang, uni qurib olishi va shamollanishi uchun ma’lum muddat bering;
- nam tortgan poyabzal tez deformatsiyalanadi, shu tufayli uni kiymagan ma’qul – u yaxshilab qurib olishiga imkon bering;
- sportbop poyabzalni yuvilgach quritib olish, hamda ichkarisidan – bakteriyalarga qarshi vosita bilan,tashqarisidan esa – himoyalovchi nam qochirgich sprey bilan ishlov berish zarur;
- poyabzalni isitkich batareyalar ustida quritmang – u deformatsiyalanib qiyshayib qoladi;
- oyoq kiyimni ochiq oftobda uzoq vaqt qolib ketishiga yo‘l qo‘ymang – u o‘zining yarqiroqligini yo‘qotadi, hamda tars-tars yorila boshlaydi;
- iloji boricha, oyoq kiyimdan yopishib qolgan loyni, u hali nam ekanligidayoq olib tashlashga harakat qiling – qurib qotib qolgan loyni olib tashlash uncha-muncha mushkul;
- poyabzalni uy hayvonlari tegishi mumkin bo‘lgan joylarda qoldirmang – ular oyoq kiyimni kemirib tashlashi mumkin;
- ko‘m-ko‘k maysa bilan ifloslangan oppoq oyoq kiyimni spirt vositasida ohista artib tashlab, keyin esa krossovkalar uchun mo‘ljallangan bo‘yoq-krem bilan ishlov berish mumkin.
Kir yuvish mashinasida faqat choki tikilgan poyabzalnigina yuvish mumkin. Oyoq kiyimdan uning bog‘ichlari, pataklari chiqarib olinadi, hamda yopishib qolgan loy olib tashlanadi. Kir yuvish mashinasida kichik siklni o‘rnating va siqib olish yo‘sinini o‘chirib qo‘ying. SHunga e’tibor qilingki, poyabzalni yuvish uchun maksimal vaqt – 30 daqiqa (minut).
CHoki tikilmagan, elimlanma tagcharmli oyoq kiyimlar qo‘lda yuviladi.
Nubukdan qilingan poyabzal
Nubuk chorva mollari terisidan qilingan bo‘ladi. Zamshdan farqliroq, u namgarchilikka sezgirroqdir. Nubukdan qilingan oyoq kiyim bolangiz ko‘nglini uzoqroq vaqt hushnud qilib yurishi uchun, uni sotib olingani hamono, uchkarra qayta ishlovga tutish kerak. Bu himoyalov nanospreyidan foydalanib bajariladi. Spreyni sirtga har safar tushirilganidan so‘ng, poyabzal yaxshilab quritilishi kerak. Sprey nubuk sirtida, poyabzalning namlanishi va ifloslanishining oldini oluvchi, shaffof plyonka shakllantiradi.
Nubukdan qilingan oyoq kiyimni cho‘tka, gubka, yoki flanel lattacha bilan har kuni tozalab turish kerak. Zarurati paydo bo‘lishiga qarab, ishqalanib uniqqan joylarni pardozlab yashirish, rangini to‘qlash va nam qochiruv hossalarini yangilash ham zarur. Tozalashdan oldin poyabzal ichiga gazetalar tiqib, uni quritib olgan ma’qul. Singib ketgan loy mahsus lastik (o‘chirg‘ich) bilan yo‘qotiladi.
Diqqat! Nubukni ichitgich batareyalar ustida, hamda elektrasboblar vositasida quritish qat’iyan ta’qiqlanadi, aks holda u deformatsiyalanadi va tars-tars yorila boshlaydi.
CHarm poyabzal
Bolalar charm poyabzalini bola sayldan qaytgach, har safar tozalab turish zarur. Buni suvda eritilgan poyabzal shampuni, yoki tozalovchi ko‘pik bilan qilish mumkin. YUvayotganda qattiq ishqalash mumkin emas – chunki bunda mikrodarzlar vujudga kelishi, hamda poyabzalning tashqi ko‘rinishiga putur etishi mumkin. CHarmdan qilingan poyabzal elektrotexnikani qo‘llamay, aynan xona haroratida quritiladi. Quritilish jarayonini tezlashtirish uchun nam tortgan poyabzal ichiga gazeta tiqib qo‘ying.
Ekocharmdan qilingan poyabzal
Ekocharm iste’molchilar kundalik turmushiga nisbatan yaqindagina kirib keldi. Undan qilingan poyabzal tabiiylaridan aslo qolishmaydi, emirilishga qarshi yuqori darajadagi chidamlilikka ega, hatto uzoq vaqt foydalanishda bo‘lganida ham o‘zining dastlabki ko‘rinishini yo‘qotmaydi.
Ekocharmga hizmat ko‘rsatish unchalik murakkab emas:
- ifloslanishlarni oz-moz miqdordagi charm uchun mo‘ljallangan dog‘ chiqragich qo‘shilgan yoki sovunli eritmada namlangan salfetka bilan bartaraf etish mumkin;
- ishlov berilgach nam tortgan sirtni quruqlangunigacha artib tashlang;
- salqin, hamda yorug‘likdan pana joyda saqlang.
Farzandingizga qanaqangi oyoq kiyim tanlamang, Persey.uz mutahassislari Sizga uni avaylab asrash bo‘yicha har doim maslahatlar bera olishadi.