Qanday qilib ko‘ylak va shimni chaqqonlik bilan o‘lchab ko‘rish mumkin?
Qanday qilib ko‘ylak va shimni chaqqonlik bilan o‘lchab ko‘rish mumkin?
Farzandingiz har doim manaman qabilida oliftagina bo‘lib yurishini, modaga mos tarzda nozik did bilan kiyinishini hoxlaysizmi, ammo shu bilan birga unga mos keladigan o‘lchamdagi kiyim-kechak tanlab olish ilinjida kiyib ko‘rish xonasida soatlab vaqtingizni sob qilish hoxishi yo‘qmi? Yoki kiyim-kechak garderobini yangilamoqchi, hamda internet orqali bir nechta kiyim-kechak komplektiga buyurtma bermoqchisiz-u, biroq o‘lchamlar tanlashda pand eb qolishdan hadiksirayapsizmi? Biz Sizga qanday qilib ko‘ylak va shimni chaqqonlik bilan tezda o‘lchash va bunda vaqtdan tejab qolishga yordam beramiz, hamda bu to‘g‘risida gapirib beramiz.
Siz shuni bilib qo‘yishingiz lozimki, eng muhimi – bolaning o‘lchamlari va bo‘yidir, bunda zinhor ko‘ylak yoqasidagi o‘lcham yorlig‘iga qarab hulosa chiqarib bo‘lmaydi. Agarda bolakayning ko‘rsatkichlari ikkita o‘lcham oralig‘ida bo‘lsa, u holda kattaroq o‘lchamga yon bosgan tuzukroq.
Ko‘ylak o‘lchamlarini aniqlaymiz
Bolakaylar ko‘ylaklarning o‘lchamlarini tanlashda, ko‘krak qamrovi o‘lchamiga qarab mo‘ljal olmoq lozim. Bolaning barcha o‘lchamlarini aniq-ravshan baholash uchun, Sizga santimetrli o‘lchash tasmasi kerak bo‘ladi. O‘lchash mobaynida u tanaga zich yopishib turishi kerak, bunda u tarang tortilmagan va osilib qolmagan bo‘lmog‘i lozim.
- Bo‘yin qamrovi (BQ). Uni aniqlash uchun umurtqada 7-chi bo‘yin bo‘g‘inini paypaslab toping. YOinki bo‘yin asosi bo‘ylab o‘lchashingiz mumkin. O‘lchov tasmasini uning sathida o‘tkazing, hamda uning uchlarini bo‘yinturuq chuqurchasi oldida tutashtiring. Olingan qiymat bo‘yin qamrovi o‘lchami bo‘ladi, hamda yoqaning o‘lchami deb qabul qilinadi. Aytgancha, agarda Siz keng yoqli ko‘ylak tutishni yoqtirsangiz, u holda bo‘yin va yoqa oralig‘i o‘lchamini ham e’tiborga olishingiz lozim. Ingichka bo‘yinga ega o‘g‘il bolalar uchun ushbu oraliq 1 sm, kalta hamda to‘lishgan bo‘yinli bolalar uchun esa – 1,5...2 smni tashkil etadi. Yoinki bo‘yinni o‘lchash mobaynida o‘lchov tasmasi ichkarisidan shunchaki bitta barmog‘ingizni tiqib turing.
- Ko‘krak qamrovi (KQ). Uni o‘lchash uchun o‘lchov tasmasini qo‘ltiqlar ostidan o‘tkazing, hamda elka va ko‘krakning bo‘rtib chiqib turgan nuqtalari bo‘yicha hajmni qaydlab oling. Ust-bosh yorlig‘idagi ko‘pgina o‘lchamlar ko‘krakning yarim qamrovi o‘lchamidan kelib chiqib uqtirilgan. Masalan, Sizning ko‘krak qamrovingiz – 50 deylik, demak 25 o‘lchamli ust-bosh qidiring.
- Ko‘krak kengligi (KK). Uni aniqlash uchun ikita chizg‘ichni qo‘ltiq ostiga iloji boricha balandroq qilib o‘rnating, so‘ngra ular orasidagi masofani shunchaki o‘lchov tasmasi vositasida o‘lchab oling.
- Orqa kengligi (OK) huddi ko‘krak kengiligi kabi aniqlanadi, faqat bunda o‘lchash orqadan bajariladi.
- Elka kengligi (EK). O‘lchov tasmasini bo‘yin asosidan boshlab (bundan avval bo‘yin qamrovini o‘lchagan hayoliy chiziq bo‘ylab) joylashtiring, hamda elka chokigacha torting. Eng oson va amaliy usul – farzandingizga loppa-loyiq bo‘lgan ko‘ylakdan o‘lcham olishdir.
- Eng uzunligi (EU) elka kengligini e’tiborga olib o‘lchanadi. Shu o‘rinda, qo‘l o‘z tirsagida bir-oz bukilgan holatda bo‘lishi kerak. O‘lchov tasmasining bir uchi bo‘yin asosida, ikkinchi uchi bosh barmoq suyagi boshida, yoki bilakkacha o‘lchanadi (kimga nima yoqsa o‘shanisi).
- Qo‘lning (elkaning) qamrovini (QQ) topish jo‘ngina – shunchaki bitseps mushagini o‘lchov tasmasi vositasida o‘rab oling va natijaga qarang.
- Bilak qamrovi (BQ) hayoliy qadama engicha (manjeta) pastki qismi bo‘ylab o‘lchanadi. Agarda farzandingiz qo‘l soati taqib yursa yoki erkin (keng) qadama engni (manjetani) yoqtirsa, u holda o‘lchash mobaynida o‘lchov tasmasi ichkarisidan barmog‘ingizni tiqib turing.
- Bel qamrovi (BQ). Hamma bolalarda ham belni topa bilish oson ish emas, biroq bel chizig‘i hammada ham mavjud. U eng tor (hipcha) joyda – qovurg‘alar va toz tepasi aro o‘rnashgandir.
- Son qamrovini (SQ) shimning cho‘ntaklarida hech vaqo yo‘qligiga iqror bo‘lgachgina o‘lchamoq lozim.
- Mahsulot uzunligi (MAHU). 7-chi bo‘yin umurtqa bo‘g‘inidan dumg‘aza burishmasigacha, yoki istalgan uzunlikkacha o‘lchanadi.
- Old tomon beli uzunligi (OTBU). Bel chizig‘i bo‘ylab ip bog‘lang. So‘ngra bo‘yin asosidan (eng uzunligini o‘lchash boshlang‘ich nuqtasidan) ko‘krak bo‘ylab, belga bog‘lab qo‘yilgan ipgacha o‘lchashni boshlang. Bunda o‘lchov tasmasi polga tik holatda bo‘lmog‘i lozim.
- Orqa beli uzunligi (OBU). O‘lchashni huddi old taraf beli uzunligini o‘lchashdagidek bajaramiz, faqat bunda o‘lchov tasmasi orqadan tushib boradi.
SHimimizning o‘z o‘lchamini aniqlaymiz
- Bel qamrovi – qayish-kamar sathi balandligida o‘lchanadi.
- Sonlarning qamrovi – qayish-kamar chizig‘idan bir-necha santimetr pastroqdan son, qorin va dumbaning bo‘rtib turgan qismlari bo‘yicha o‘lchanadi.
- Shimlarning yon-biqin uzunligi toz suyagidan to‘piq suyagigacha o‘lchanadi.
- Shimlarning ichki choklari uzunligi qorin osti chovidan uzunlikning ihtiyor qilingan nuqtasigacha o‘lchanadi.
Olingan barcha natijalar yordamida bolalar uchun kerak bo‘lgan kiyimni bizning Persey.uz internet-do‘kondan tanlay olasiz. Bunda Sizga o‘lchov to‘ri yordam beradi.
Darvoqe, «o‘sib borishga» mo‘ljallab, kattaroq kiyim sotib olishning hojati yo‘q, chunki bolakayga bunaqa ust-bosh ancha noqulaylik tug‘dirishi mumkin.
Bolalar poyabzalini harid qilishda, materialning sifatiga, kiyib yurishdagi qulayligiga, rangiga va unga tushirilgan rasm-tasvirga e’tibor qarating. Eng a’losi – ko‘ylak va shimlarni bizning internet-saytda bolangiz bilan birgalikda tanlang.
Persey.uz – Siz tanlaysiz, biz keltirib beramiz!