Ortopedik poyabzalning o‘zi nima?
Ortopedik poyabzalning o‘zi nima?
Poyabzalning ushbu turiga davolov oyoq kiyimlari kiradi. Ortopedik modellarni kiyib yurish oyoq kaftining, hamda umuman tayanish-harakatlanish apparatining mavjud nuqsonlarini sozlab rostlashga ko‘maklashadi, ayniqsa, gap yosh bolalar haqida ketayotgan hollarda bu o‘ta muhimdir.
Shuni unutmaslik lozimki, bunday poyabzaldan faqatgina tibbiy ko‘rsatmalar mavjudligida foydalanish mumkin, holos. U buyurtmaga ko‘ra yasaladi, chunki har bir yosh bola muayyan tashhezga (diagnozga) ega bo‘libgina qolmay, balki oyoq kaftining o‘ziga hos bo‘lgan hususiyatlariga ham ega. Undan tashqari, go‘dak oyoqlarining o‘zlari ham ko‘pincha bir-biridan farqlanadi.
Bu xildagi poyabzalni sotib olishdan avval ortoped bilan maslahatlashing, hamda yasatishga yo‘llanma oling. Aks holda, ortopedik poyabzalni kiyib yurish noqulaylik tug‘dirib, oyoq kaftining yangi mayshayishlariga olib keladi, hamda bolakayga faqat ziyon yetkazadi.
Bolalar ortopedik poyabzaliga qanday qilib buyurtma bersa bo‘ladi, hamda bunda nimalarga e’tibor qaratmoq lozim?
Hullasi-kalom, sotib olingan poyabzalning jajji egasiga maksimal darajada foyda berishi uchun bolalar poyabzaliga buyurtma berishda nimani hisobga olish kerak?
-
Yuqori sifatli materiallar.
Ravshanki, maksimal darajada qulaylik bilan kiyib yursin uchun ota-onalar o‘z farzandlariga tabiiy materiallardan yoki ularning yuqori sifatli sintetik o‘rindoshlaridan qilingan poyabzal tanlab olishi kerak. Bolakayning oyoqlari hatto oyoq kiyim ichida ham “nafas” ola bilishi kerak. Shuning uchun quyidagilarni sotib olgan ma’qul:
-
charmdan qilingan ortopedik poyabzal;
-
sun’iy charmdan qilingan modellar;
-
nubukdan qilingan ortopedik poyabzal.
Tagcharmchi? Bizning amaliyot shuni ko‘rsatadiki, yemirilishga qarshi chidamlilikni quyidagi materiallardan qilingan tagcharmlar namoyon qiladi:
-
TEP – termoplastik rezina asosida yaratilgan prinsipial jihatdan yangi material. Zamonaviy texnologiyalar sharofati bilan mazkur materialdan qilingan tagcharm umuman kamchiliklardan holisdir;
-
termik kauchuk. Yemirilishga qarshi yuqori chidamlilikdan tashqari ushbu materiallar yana bir qo‘shimcha afzallikka ega – ular sirpanib ketishga qarshi barqarordir. Mazkur o‘ziga hos hususiyat bolakay yangi poyabzalda sirpanib ketmasligi va yiqilmasligining kafolatidir.
-
Bola uchun qulaylik va o‘ng‘aylik
Ortopedik poyabzal davolov uchun mo‘ljallangan bo‘lsa ham, bolakayning qulayliklarini unutmaslik lozim. Hatto poyabzal buyurtmaga muvofiq qilingan bo‘lsada, bolangiz o‘zini yangi oyoq kiyimida qanday his qilayotganiga e’tibor qarating.
Va, hech qachon ortopedlarning tayyor modellarini zinhor-bazinhor sotib olmang! Muayyan inson oyoq kaftining o‘ziga hos hususiyatlarini e’tiborga olmay yaratilgan, bunday modellarni kiyib yurish bola sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin.
Profilaktik poyabzal: o‘ziga hosliklar
Profilaktik yoki yarimortopedik (shuningdek anatomik yoki oqilona deb yuritiluvchi) poyabzal yassitovonlik (yalpoq oyoqlilik) va boshqa xildagi patologiyalarning ular rivojlab ulgurmagunigacha oldini olish uchun ishlatilishi mumkin.
Hozirgi kunda bolalar uchun ortopedik poyabzal ochiq savdoda mavjud. Ya’ni, uni yasash maqsadida yollash uchun ustani qidirib yurmay, jo‘ngina asnoda Persey.uz. onlayn-do‘konidan sotib olish ham mumkin.
Anatomik poyabzal ortopediyaning, profilaktikaviy xildagi bolalar poyabzaliga qo‘yiladigan, umumiy standardlarini e’tiborga olgan holda, ommaviy tarzda ishlab chaqariladi. Bunday poyabzalni kiyib yurish bola rivojining barcha bosqilarida ham uning oyoq kaftlari to‘g‘ri shakllanishining ishonchli garovidir. Bu shuni anglatadiki, bunday poyabzalni harid qila turib, ota-ona turli hildagi nuqsonlar, patologiyalar va hokazolar vujudga kelishining ehtimolini amalda butkul istisno qila oladi.
Bolalar uchun profilaktik poyabzalning asosiy o‘ziga hos hususiyatlari qatoriga shuningdek quyidagilarni ham kiritish mumkin:
- agarda ortopedik poyabzal o‘zining konstruktsiyaviy o‘ziga hosliklari tufayli oyoq kaftini korreksiya qila bilsa, yarim ortopedlar esa oyoq kaftiga mostlashib oladi, hamda shu bilan bir vachtning o‘zida uning noto‘g‘ri rivojlanishiga qarshilik ko‘rsatadi;
- profilaktik poyabzal har kuni surunkasiga kiyib yurishga mos kelsada, uni shuningdek kuniga 2-3 soat davomida kiyib yursa ham bo‘laveradi;
- anatomik poyabzalni tibbiy talabdan qatiy nazar ham kiyib yurish mumkin. Uni kiyib yurish bolaning sog‘lig‘iga putur yetkazmaydi, bilaks – juda ko‘p foyda berishi ham mumkin.
Eng muhimi: profilaktikaviy va ortopedik poyabzal o‘zaro o‘rindosh emas, ya’ni ulardan birining o‘rniga ikkinchisini kiyish nomaqbuldir!
Agarda Siz bolalar uchun profilaktikaviy poyabzalni Toshkentning qaeridan sotib olish mumkin deb, qidirib yurgan bo‘lsangiz, biz Sizga yordam berishga quvonch bilan doim tayyormiz! Harid oldidan ehtimoliy ziyoni mavjud yoki mavjud emasligi yuzasidan dastlab shifokor bilan maslahatlashib olish tavsiya etiladi.