Bolalar botinkalari – tanloviga judayam izchillik bilan yondoshish lozim bo‘lgan poyabzal toifasidandir. Persey.uz nafaqat Sizga o‘z farzandingiz uchun poyabzalning eng loyiq modelini topishga ko‘maklashibgina qolmay, balki uni Siz uchun zarur bo‘lgan ixtiyoriy manzilga eltib ham beradi. Bolakay uchun botinka harid qilishda nimalarni bilish lozim? Modomiki botinkalar ko‘proq kuzgi-qishki mavsum uchun (kamdan-kam holatlarda bahor fasli uchun) tanlanar ekan, bu holda ularning bosh vazifasi quyidagilardan iborat: bolakay oyoqchalarini isitish; ularni sovuqdan va namgarchilikdan himoya qilish; oyoq kaftining meyorida rivojlanishib o‘sishini ta’minlash. Tanlov jarayonida chok va birikmalarlarning sifatli ekanligiga e’tibor qaratmoq lozim. Poyabzal nam tortmaydigan materialdan qilingan taqdirda ham, agarda choklar va birikmalar sifatsiz qilingan bo‘lsa, nam baribir ichkariga kirib boradi. Ayniqsa, tagcharm poyabzalning ustki qismi bilan tutuashagn joy o‘ta muhim ahamiyatga ega. Bandak masalasiga kelsak, chilvir bog‘ich, va ayniqsa baland
Bolalar botinkalari – tanloviga judayam izchillik bilan yondoshish lozim bo‘lgan poyabzal toifasidandir. Persey.uz nafaqat Sizga o‘z farzandingiz uchun poyabzalning eng loyiq modelini topishga ko‘maklashibgina qolmay, balki uni Siz uchun zarur bo‘lgan ixtiyoriy manzilga eltib ham beradi.
Modomiki botinkalar ko‘proq kuzgi-qishki mavsum uchun (kamdan-kam holatlarda bahor fasli uchun) tanlanar ekan, bu holda ularning bosh vazifasi quyidagilardan iborat:
Tanlov jarayonida chok va birikmalarlarning sifatli ekanligiga e’tibor qaratmoq lozim. Poyabzal nam tortmaydigan materialdan qilingan taqdirda ham, agarda choklar va birikmalar sifatsiz qilingan bo‘lsa, nam baribir ichkariga kirib boradi. Ayniqsa, tagcharm poyabzalning ustki qismi bilan tutuashagn joy o‘ta muhim ahamiyatga ega.
Bandak masalasiga kelsak, chilvir bog‘ich, va ayniqsa baland bog‘ich judayam hushbichim (olifta) ko‘rinishga ega bo‘ladi. U asosan o‘spirinbop modellar uchun dolzarbdir. Biroq Siz bizda hatto kichik yoshdagi bolakaylar uchun ham ip bog‘ichli botinka modellarini topa olasiz. Ip-bog‘ichning ommabopligi faqat uning xushbichim tashqi ko‘rinishga ega ekanligidagina emas, balki oyoqni o‘rab-chirmashni tartiblay olish imkoni mavjudligi bilan ham izohlanadi. Mazkur jihat ayniqsa yosh bolalik va o‘spirinlik davrida o‘ta muhimdir, chunonchi aynan shu davrda bolakay judayam shiddat bilan ulg‘ayib boradi.
Shuningdek sifatli, yetarli darajada bikr bo‘lgan poyabzal to‘pig‘i mavjudligiga ham e’tibor bermoq lozim. Ushbu detal oyoqni ishonchli tarzda qayd qilish, hamda oyoq kaftiga yukning to‘g‘ri taqsimlanishiga imkon beradi.
Yasalish materialiga kelsak, avvaldan xato bo‘lgan ba’zi o‘y-fikrlarning aksi-o‘laroq, faqat charmnigina tanlamaslik kerak. Bizning do‘konimizda Siz osonlik bilan bolalar uchun ekocharmdan, hamda sun’iy kelib chiqishga ega bo‘lgan bo‘lak materiallardan qilingan botinkalarni topishingiz mumkin.
O‘zining mustahkamligiga ko‘ra ular tabiiy charmdan hech qolishmaydi, bilaks ancha-muncha arzonroq turadi. Undan tashqari, katalogda keltirilgan botinkalar:
Bas, shunday ekan, taqdim etilgan modellarni o‘rganib chiqingda, keraklisini tanlang va unga buyurtma bering. Biz esa bolalar botinkalarini Sizga zarur bo‘lgan joyga eltib beramiz!
Agarda Siz farzandingizni ortiqcha urintirib, poyabzallarni qayta-qayta kiyidirib ko‘raverishga majburlashni istamasangiz, shunchaki “oyoq izini” ko‘chirib olish kifoya. Buning uchun bolangizdan qog‘oz ustiga tik turib olishini so‘rang, hamda ikkala (!) oyoq kaftlarini qalam bilan chizib oling. Nima uchun ikkalasini ham chizib olish darkor? Shunchaki, shuning uchunki, oyoqlar o‘lchami bir-biridan bir oz farqlanishi mumkin.
Bundan so‘ng “oyoq izini” ko‘nglingizga yoqib qolgan modelning tagcharmi bilan solishtirib ko‘ring. Agarda hammasi yaxshi bo‘lsa, bolangizdan botinkani kiyib ko‘rishini so‘rang.
Mobodo, bolaning oyog‘i kaftining uzunligiga ko‘ra ikki o‘lcham oralig‘ida bo‘lsa, yarim o‘lchamga kattaroq bo‘lgan poyabzalni harid qiling. Bu holat, ayniqsa, qalin paypoqlar bilan kiyiladigan, qishki modellarga tegishli.
Farzandingiz o‘z poyabzaliga ega bo‘lgach, undan ushbu oyoq kiyimida qadam bosgancha yurib ko‘rishni taklif eting. Bu yangi botinkalar haqiqatdan ham o‘z o‘lchamiga ko‘ra uning oyog‘iga loyiq ekani, hamda bolakay ularni kiyib yurganida o‘zini qulay his qilayotganiga iqror bo‘lish uchun ko‘maklashadi.
So‘ngra botinkalarni yeching-da, bolangiz oyoqchalarini ko‘zdan kechiring. Ularning yuzasida hech qanday qizarishlar yoki noqulaylikning bo‘lak asoratlari bo‘lmasligi kerak.
Eng muhimi! Agarda Sizning maktab yoshigacha bo‘lgan farzandingiz bor bo‘lsa, o‘lchamini yechib olishni har 1,5...2 oyda qaytarib turish kerak. Bu Sizga bolakay oyoqlarining o‘lchami qay tarzda o‘zgarib borayotgani yuzasidan ma’lumotga ega bo‘lib borish imkonini beradi.
Oyoq kaftlarining o‘sib borishi, odatda, 14...16 yoshga kirgach to‘xtaydi. Kamdan-kam hollarda undan kechroq yoshda ham to‘xtashi mumkin.
Intenet-do‘konimizning maqsadi nima? Albatta, ota-onalar uchun bolalar sifatli botinkalarining maksimal darajada hamyonbop narhlarini ta’minlash.
Shuningdek, biz o‘zimizning barcha mijozlarimizga, tasodifan sifatsiz poyabzal sotib olishingiz mumkinligi to‘g‘risida qayg‘urmasligingiz imkonini beradigan, sifatga oid kafolatlarni ham taqdim etimiz.
Bizning yangilanishlarimiz va tadbirlarimiz (aksiyalarimiz) haqida doim habardor bo‘lib turmoqchimisiz? U holda, tez-tez mehmonimiz bo‘lib turing. Va, albatta – internet ijtimoiy tarmoqlarida bizga obuna bo‘ling! Shuningdek, Siz bizning bonusli dasturimiz qatnashchisiga aylanishingiz mumkin, hamda kompaniyamiz ishidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida avtomatik tarzda habardor bo‘lib turishingiz mumkin. Buni qanday amalga oshirish mumkinligini bilmoqchimisiz? Bizga hozirni o‘zidayoq qo‘ng‘iroq qiling yoki kompaniyamiz internet-saytidagi axborotni o‘rganib turing!